Fransiya

Enrike: “O‘yinni deyarli mukammal boshladik. Yigitlarning mentalitetidan hayratdaman”

6 kun,18 soat oldin 41
Enrike: “O‘yinni deyarli mukammal boshladik. Yigitlarning mentalitetidan hayratdaman”

“PSJ” bosh murabbiyi Luis Enrike klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan “Inter Mayami”ga (4:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Tan olishim kerakki, mamnunman. O‘yinni deyarli mukammal boshladik. Bahsni nazorat qildik, ko‘plab imkoniyatlar yaratdik. Ikkinchi bo‘limda energiyamiz biroz kamaydi, lekin men juda xursandman.

Barcha o‘yinchilar va ularning mentalitetidan hayratdaman. Biz rivojlanishda davom etamiz”, — deydi ispaniyalik mutaxassis DAZN efirida.

Parij klubi chorak finalda “Flamengo”ni mag‘lub etgan “Bavariya”ga qarshi maydonga tushadi.

Sharhlar (0)

Sharh qoldirish uchun, iltimos, tizimga kiring yoki roʻyxatdan oʻting.

Hali sharhlar yo'q. Birinchi bo'lib o'z fikringizni bildiring!